Green University iqlim ta’limi va yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi

23-iyun kuni Green University’da xalqaro tashkilotlar vakillari va universitet rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yashil iqlim jamg‘armasining (GCF) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha sub-mintaqaviy rahbari Alexander Gareev hamda BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayad Karman ishtirok etdi.

Tashrif davomida Green University rahbariyati universitetning iqlim siyosati, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot bilan bog‘liq ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda tahliliy yo‘nalishlarini taqdim etdi.

Ishtirokchilar iqlim ta’limi, salohiyatni rivojlantirish, loyihalarni tahliliy qo‘llab-quvvatlash hamda Yashil iqlim jamg‘armasi (GCF) talablari asosida mutaxassislarning kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim yo‘nalishidagi bilim va tajribalarni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yo‘lidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga o‘tish
#MUSTAQILLIK35