
2026-yil 4-iyun kuni Samarqand shahrida Green University rektori, professor Baxtiyor Pulatov va O’man Ekologiya qo‘mitasi rasmiy delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O’man delegatsiyasiga O’man Ekologiya qo‘mitasi raisi doktor Abdulla bin Ali Al-Amri boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibiga shuningdek Qo‘mita raisi idorasi rahbari Salim bin Abdulla Al-Qasabi hamda delegatsiya rahbari o‘rinbosari Badar Al Hosni kirdi.
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim siyosati va barqaror rivojlanish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.





