Green University va mistEO o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi

2026-yil 4-iyun kuni Green University rektori professor Baxtiyor Pulatov hamda iqlimiy qarorlar qabul qilish tizimlari, ob-havo prognozlari, geofazoviy tahlil va iqlim xatarlari bo‘yicha yechimlarga ixtisoslashgan Hindistonning mistEO Private Limited kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Markaziy Osiyoda iqlim tadqiqotlari, atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish, geofazoviy texnologiyalar hamda salohiyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslar bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Green University va mistEO o‘rtasida iqlim tadqiqotlari va iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini kamaytirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ekologik muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish, bilim va tajriba almashinuvini kengaytirish hamda mintaqada qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan Hamkorlik Memorandumi (MoU) imzolandi.

Republic of Uzbekistan

35 years of State Independence

United homeland, united people — we create a new life and future!

Independence is our freedom, our dignity, and the path to a green, sustainable future for the next generations. The Green University community celebrates this historic day with pride and gratitude.

Dear compatriots! Happy Independence Day! We wish you peace, progress, and a greener future!

Mustaqillik 35 portal

Visit the official portal for events, news, and regional programmes dedicated to the 35th anniversary of Independence.

Go to mustaqillik35.uz
#INDEPENDENCE35