
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Eco Expo Central Asia 2026 doirasida Green University va Qozog‘istonning Jasyl Damu JSC kompaniyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim siyosati, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzoladi.
Mazkur memorandum qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professional tayyorlov dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bilim va tajriba almashish hamda barqarorlik sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.





