Green University'da ICBA bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

29-aprel kuni Green University Yaponiyaning Tottori universiteti delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiyaga universitet vitse-prezidenti va professori Atsushi Tsunekawa boshchilik qildi, shuningdek, Quruq hududlar bo‘yicha tadqiqot va ta’lim xalqaro platformasi vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashuv hamda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohalarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, suv resurslarini samarali boshqarish, cho‘llanishga qarshi kurashish va qo‘shma tadqiqotlar orqali ekologik innovatsiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Delegatsiya Green University qoshidagi Cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga katta qiziqish bildirib, universitetning ilmiy infratuzilmasi va kadrlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdi. Golofitlar (sho‘rga chidamli o‘simliklar) bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ikki tomon uchun ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. Tomonlar talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar hamda akademik almashinuv imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar. Shuningdek, mavjud xalqaro tajriba asosida talabalar almashinuv dasturini joriy etish masalasi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, ilmiy xodimlar almashinuvini tashkil etish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, Climate Residency Program doirasidagi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi

Республика Узбекистан

35 лет государственной независимости

Единая Родина, единый народ — создаём новую жизнь и будущее!

Независимость — это свобода Родины, достоинство народа и путь к зелёному, устойчивому будущему для следующих поколений. Коллектив Green University отмечает этот великий день с гордостью и благодарностью.

Дорогие соотечественники! С праздником Независимости! Мира, прогресса и зелёного будущего!

Портал Mustaqillik 35

На официальном портале — мероприятия, новости и региональные программы, посвящённые 35-летию независимости.

Перейти на mustaqillik35.uz
#НЕЗАВИСИМОСТЬ35