Elektron kitoblarUshbu material haqida

EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI
P.S.SULTONOV
Qo‘shimcha ma’lumot
Tabiat deyilganda biz o‘zimizni o‘rab turgan havo, suv, tuproq, tog‘ jinslari, o‘simlik va hayvonotlardan iborat murakkab moddiy borliqni ko‘z o‘ngimizga keltiramiz. U insonning barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi yagona manba hisoblanadi. Bu jihatdan uni onaga qiyoslab, bejizga «Ona tabiat» deb ardoqlanmaydi. Hozir inson aql- zakovati tufayli yerdan bir necha milliard yorug‘lik yiliga teng keladigan uzoqliklarni «ko‘rayotgan» bo‘lsa ham bizga ma’lum bo‘lgan Olamda birortayam yer sayyorasining tabiatiga o‘xshash tabiat va hayot shakli mavjudligi aniqlanmagan. Yer tabiati yagonaligini yaqqolroq tasawur qilish oson bo‘lishi uchun quyidagi ma’lumotlami keltiramiz.




