Maqsad&Vazifa

Markaziy Osiyo va undan tashqarida Iqlim ta’limini rivojlantirish

Green University atrof-muhitni o‘rganish, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanishga ixtisoslashgan bo‘lib, mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qodir olimlar, mutaxassislar va hamkorlarni tayyorlaydi.

1. Vazifa

Atrof-muhitni o‘rganish, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish sohalariga to‘liq ixtisoslashgan holda, Markaziy Osiyo va undan tashqarida ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltirilgan, global miqyosda tan olingan ta’lim muassasasiga aylanish.

2. Maqsad

  • Atrof-muhit muammolarini samarali hal etish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali olimlar, mutaxassislar, menejerlar va tadbirkorlarni tayyorlash.
  • Yangi avlod mutaxassislarini yetishtirish orqali dolzarb ekologik muammolarni hal etishga hissa qo‘shish, barqaror rivojlanishni ilgari surish hamda ushbu muhim sohalarda innovatsiyalarni rivojlantirishni maqsad qilamiz.
  • Markaziy Osiyo davlatlari uchun mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar olib borish va dolzarb umumiy ekologik muammolarga yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda yagona platformaga aylanish.

3. Asosiy qadriyatlar

Barqarorlik

Faoliyat, ta’lim, ilmiy tadqiqot va jamiyat bilan hamkorlikda ekologik barqarorlikka sodiqlik. Ekologik izni minimallashtirish va barqaror amaliyotlarni targ‘ib qilish.

Halollik

Boshqaruv, ta’lim, ilmiy tadqiqot va talabalik hayotida yuqori axloqiy hamda professional standartlarga rioya qilish. Halollik, shaffoflik va mas’uliyatni rivojlantirish.

Innovatsiya

Ekologik muammolar uchun innovatsion dasturlar, texnologiyalar va yechimlarni ilgari surish. Fanlararo va istiqbolli yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash.

Mas’uliyat

Talabalar va keng jamoatchilikni adolatli hamda barqaror kelajakni yaratishga tayyorlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish. Ekologik yetakchilarni shakllantirishga e’tibor qaratish.

Hurmat

Xilma-xillik, inklyuzivlik hamda insonlar va sayyoraga hurmat madaniyatini rivojlantirish. Ekologik va ijtimoiy adolatni targ‘ib qilish.

Hamkorlik

Barqaror rivojlanishni ilgari surish maqsadida davlat organlari, NNTlar, sanoat sohasi hamda mahalliy va global hamjamiyat bilan mazmunli hamkorlik qilish.

Vakolat berish

Talabalarga ijobiy ekologik ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladigan bilim va ko‘nikmalarni beruvchi transformatsion ta’lim tajribalarini taqdim etish.

Farovonlik

Talabalar, xodimlar va keng jamoatchilikning har tomonlama farovonligini rivojlantirish. Salomatlik, ongli yondashuv va tabiat bilan uyg‘unlikni singdirish.

Ushbu asosiy qadriyatlarni ishlab chiqishda quyidagi muhim jihatlar inobatga olindi: ularni Green Universityning umumiy qarash va missiyasiga moslashtirish, manfaatdor tomonlarning ustuvor yo‘nalishlari hamda qarashlarini aks ettirish, qisqa muddatli maqsadlardangina emas, balki uzoq muddatli intilishlarga e’tibor qaratish va qadriyatlarni universitet madaniyatiga chuqur singdirish. Ushbu qadriyatlar boshqaruv, strategiya, operatsion faoliyat, akademik jarayonlar va talabalik hayotini shakllantirishi lozim.