Green University'da huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi

2026-yil, 26-iyun kuni, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig'iga muvofiq hamda Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida Green University'da huquqiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.


Tadbirda universitet xodimlari hamda Toshkent tumani Adliya bo'limi bosh konsultanti ishtirok etdi. Tadbirda universitet katta yuriskonsulti Asadbek Yusufjonov o'z nutqida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda davlat organlari bilan hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi.


Shundan so'ng Toshkent tumani Adliya bo'limi bosh konsultanti tomonidan amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, fuqarolar va xodimlarning huquq hamda majburiyatlari, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga oid dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.


Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo'yicha savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikka hurmat ruhini mustahkamlash hamda huquqiy targ'ibot ishlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yo‘lidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga o‘tish
#MUSTAQILLIK35