Green University’da magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 25-iyun kuni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ning 2025/2026-o‘quv yili magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida magistratura bitiruvchilari o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini taqdim etdilar va mazkur ishlar Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholandi.

Dissertatsiyalar himoyasi O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasidagi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablari asosida tashkil etildi. Taqdimotlarda ekologiya, barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida olib borilgan ilmiy izlanishlar yoritildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibiga ekologiya va iqlim o‘zgarishi yo‘nalishidagi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari hamda universitet professor-o‘qituvchilari jalb etildi.

Joriy yilda Green University magistratura bitiruvchilari “Sustainable Development (Barqaror rivojlanish)”, “Environmental Law (Atrof-muhit huquqi)” va “Sustainable Finance (Barqaror moliya)” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi ekologik barqarorlik, yashil transformatsiya va zamonaviy iqlim muammolariga ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yo‘lidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga o‘tish
#MUSTAQILLIK35