Green University’da Milliy bioxilma-xillik ma’lumotlari va geoaxborot platformasi ishga tushirildi

2026-yil 28-iyul kuni Green University huzuridagi Markaziy Osiyo Ekologiya va atrof-muhit tadqiqotlari markazida Milliy bioxilma-xillik ma’lumotlari va geoaxborot platformasi rasman ishga tushirildi.

Tadbir Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Green University, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari hamda ekologiya sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish sessiyasiga Green University rektori, professor Baxtiyor Pulatov moderatorlik qildi.

Tadbirda Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov hamda BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii ishtirok etdi.

Marosim davomida ishtirokchilarga bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan hududlar geoaxborot platformasi taqdim etildi. Mazkur raqamli yechim bioxilma-xillik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish, ekologik monitoringni takomillashtirish hamda samarali qarorlar qabul qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Tadbir dasturi doirasida Orol dengizi botqoqliklari loyihasi tomonidan tayyorlangan videolavha namoyish etilib, unda Orol dengizi havzasining bioxilma-xilligi hamda yangi platformaning ekotizimlarni muhofaza qilishdagi o‘rni yoritildi.

Shuningdek, tadbir davomida interaktiv muhokama sessiyasi tashkil etilib, unda mutaxassislar bioxilma-xillik monitoringi tizimlarini takomillashtirish, ekologik ma’lumotlarni boshqarish mexanizmlarini kuchaytirish hamda tabiatni muhofaza qilishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Milliy bioxilma-xillik ma’lumotlari va geoaxborot platformasining ishga tushirilishi O‘zbekistonda zamonaviy ekologik boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda biologik xilma-xillikni muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


O‘zbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yo‘lidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga o‘tish
#MUSTAQILLIK35