Green University’da Yusufxon Maksumovga tashakkurnoma topshirildi

2026-yil 7-iyul kuni Green University’da Dubay shahrida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik tadbirkor, AKSUM Group asoschisi va bosh direktori Ulug‘bekxon Maksumovning universitet kutubxonasi fondini ilmiy adabiyotlar bilan boyitishga qo‘shgan hissasini e’tirof etish maqsadida uning otasi Yusufxon Maksumovga tashakkurnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Salomov Green University jamoasi nomidan Maksumov Yusufxon Nabievichga tashakkurnomani tantanali ravishda topshirdi.


Tashakkurnomada Ulug‘bekxon Maksumovning universitet kutubxonasi fondini ilmiy adabiyotlar bilan boyitishga qo‘shgan munosib hissasi yuksak e’tirof etildi. Shuningdek, uning ilmga bo‘lgan muhabbati, yuksak ma’naviyati va ijtimoiy mas’uliyati oilada berilgan ibratli tarbiyaning yorqin namunasi ekani alohida ta’kidlanib, ana shunday farzandni voyaga yetkazgani uchun Maksumov Yusufxon Nabievichga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Tadbir yakunida ilm-fan va ta’limni qo‘llab-quvvatlash, universitet kutubxonasi fondini boyitish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar alohida e’tirof etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yo‘lidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga o‘tish
#MUSTAQILLIK35