Toshkentda “EKO INTELLEKT” zakovat turnirining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

28-yanvar kuni Renessans ta’lim universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “EKO INTELLEKT” intellektual zakovat turnirining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyiha yoshlar orasida ekologik savodxonlikni oshirish, tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga doir bilimlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan. Shuningdek, turnir iqtidorli va bilimli talabalarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Musobaqada Green University, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Fan va texnologiyalar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti — Milliy tadqiqot universiteti jamoalari ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijani qayd etgan Green University jamoasi “EKO INTELLEKT” zakovat turnirining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Jamoamiz a’zolari turnirning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat Mustaqilligiga 35 yil

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Mustaqillik — Vatanimiz erkinligi, xalqimiz qadr-qimmati va kelajak avlodlar uchun yashil, barqaror hayot yo‘lidir. Green University jamoasi bu buyuk sanani faxr va minnatdorlik bilan nishonlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Tinchlik, taraqqiyot va yashil kelajak tilaymiz!

Mustaqillik 35 portali

Rasmiy portalda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, yangiliklar va mintaqaviy dasturlar bilan tanishing.

mustaqillik35.uz ga o‘tish
#MUSTAQILLIK35