Elektron kitoblarUshbu material haqida

UMUMIY EKOLOGIYA
S.Mustafoyev
Qo‘shimcha ma’lumot
Ekologiya global ilmiy sohaga aylandi. Buning sababi shundaki, atrof-muhitni har tomonlama anglash genetika, evolyutsiya nazariyasi hamda flora va fauna taksonomiyasi kabi sohalardagi muammolarni hal etish, shuningdek, insoniyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga oid masalalarni tartibga solishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Inson va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlar hal etilishi eng murakkab va qiyin bo‘lgan masalalardan biridir. Ma’lumki, inson faoliyati qurg‘oqchilikni kuchaytirdi va cho‘llanish jarayonini kengaytirdi; suv zaxiralari va tabiiy boyliklarni kamaytirdi; atrof-muhit ifloslanishini oshirdi; ko‘plab rivojlanayotgan hududlarda suv, havo va, eng muhimi, oziq-ovqat tanqisligini keltirib chiqardi hamda jahon aholisining to‘rtdan bir qismini ochlik muammosi qarshisida qoldirdi.




